Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Таълим-тарбия

Ehsonning mukofoti, faqat ehsondir.

 
 

بسْــــــــــــــــــــــمِ ﷲِالرَّحْمَنِ الرَّحِيم.

هَلۡ جَزَآءُ ٱلۡإِحۡسَـٰنِ إِلَّا ٱلۡإِحۡسَـٰنُ ۝


Olamlar Rabbisi Allohga hamdu sanolar, Payg‘ambarimiz Muhammad sallohu alayhi vassallamga va u zotning ahli va as'hobiga salavotu salomlar bo‘lsin

«Abdurrahmon ibn Avf Madinaga (hijrat qilib) kelgach, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam u bilan Sa'd ibn Rabi'ni birodar tutintirib qo‘ydilar. Sa'd dunyodor kishi edi. U Abdurrahmonga: «Ey birodar, ansorlar meni Madinaning eng boylaridan deb bilishadi. Men mol-mulkimni ikkimizga teng taqsim qilmoqchiman. Ikkita xotinim bor, xotinlarimdan yoqqanini tanla, uni taloq qilay, iddasi bitgach, sen unga uylangin», dedi. Abdurrahmon roziyallohu anhu: «Yo‘q, Alloh oilangga va molingga barakot bersin. (Menga bozorga olib boradigan yo‘lni ko‘rsatib qo‘y», dedi. Shundan so‘ng unga bozorga olib boradigan yo‘lni ko‘rsatib qo‘yishdi.) Abdurrahmon oldi-sotdi qilib ozgina pishloq va saryog‘ foyda qildi. Bir necha kunlardan keyin kiyimida safron (xushbo‘y modda) izlari ko‘ringan holda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam huzurlariga kirib keldi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam unga: «Bu nima?», dedilar. Abdurrahmon roziyallohu anhu: «Ey Rasululloh, ansorlardan bir ayolga uylandim», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Unga nima mahr berding?», dedilar. «Besh dirham og‘irligida oltin», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Bir qo‘y so‘yib bo‘lsa ham, ziyofat bergin», dedilar» (Buxoriy (№3781), Muslim (№1427) va boshqalar rivoyatlari).
Ba'zan Sa'd ibn Rabi' zamonalarini qo‘msab: «Oh, qani endi birodari uchun bor mol-mulkini-yu ayollarini ham taqsimlashga tayyor o‘sha Sa'd ibn Rabi'lar?!!», deb qolinadi.
Javob shuki: «Sa'd ibn Rabi'lar Abdurrahmon ibn Avflar bilan birga ketib bo‘lishgan».
Ha, «Sa'ddek saxovatpeshalik qila oladigan kim bor?!» degan savolga «Abdurrahmon ibn Avfdek o‘zini pok tuta oladigan kim bor?!», deb javob berilsa to‘g‘ri bo‘ladi.
Bir kishi salaflardan birlarining yoniga borib: «Qayerda qoldi «Mol-dunyolarini kechayu kunduz, yashirin va osh­kora ehson qiladigan zotlar»?! (Baqara: 274)», deb so‘raganida u zot: «Ular «Odamlardan tilanib turib olmaydigan» (Baqara: 273) kishilar bilan birga ketib bo‘lganlar», deb javob bergan ekanlar.

Amirov To‘lqin Barot o‘g‘li - "Ruhobod" jome masjidi imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 01/06/2021 11:57;   Ko‘rilganligi: 124
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/articles/eductaion/ehsonning-mukofoti-faqat-ehsondir
Chop etilgan vaqti: 04/12/2021 09:21