Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Таълим-тарбия

Ehsonning mukofati ehson

 
 

(hayotiy voqea)

         Robiya (ismi o‘zgaritirilgan holda yozilmoqda) 3-sinfda o‘qiydi. Har bir ota-ona o‘z farzandiga maktabga ketishdan oldin, ba'zida esa ayrim ishlardagi faolligi uchun mukofot tarzida pul berib turadi. Robiya ham hamma bolalalar kabi ota-onasidan vaqti vaqti bilan “xarajatlari”ga olib turadigan pullarning bir qismi uchun 3 litr hajmli shisha banka ajratdi. Maqsad, shisha banka pullarni yig‘ib turuvchi bank vazifasini bajarishi kerak edi. Shunday ham bo‘ldi. Robiyaning ushbu ishidan uning ota-onasi bexabar edi. Ramazon oyi yakunlashib borar ekan Robiya dadasining oldiga haligi bankani olib keldi va

  • Dadajon, mahallamizda hashar bilan masjid qurilayapdi-a?, - dedi.

Dadasi, “Ha qizalog‘im, har kim ixtiyoriy ravishda, savob umidida masjid qurilishi uchun ehson qilayapdi, deb javob berdi. Chunki, Alloh taolo “Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga imon keltirganlar, namozni barkamol o‘qigan, zakot bergan va faqat Allohdangina qo‘rqqan kishilar obod qilurlar”, degan. Masjidni obod qilish esa ham ma'naviy ham moddiy obod qilish bilan bo‘ladi”, dedi.

  • Unday bo‘lsa men ham yig‘ib qo‘ygan pulimni masjid qurilishi uchun

ehson qilmoqchi edim. Shuni masjidga olib borasizmi?, dedi.

Buni eshitgan Robiyaning dadasini ko‘zlaridan beixtiyor yosh quyilib keldi. Axir, har qanday yosh bola qo‘liga tushgan pulni do‘kondan shirinlik, muzqaymoq yoki o‘yinchoqlar xarid qilishga sarflashi aniq-ku. Lekin hali 10 yoshli Robiya Allohning roziligi, jannatda uylari bo‘lishi va u joyda ota-ona va yaqinlari bilan birga istiqomat qilishni o‘ylab, o‘zining havasidan voz kechgani uni hayron qoldirgan edi.

Pullar masjidga topshirildi. U skotch bilan o‘ralgan, o‘rtada esa “Masjid qurilishi uchun ehson puli. Ehsonning mukofati ehson”, deya yozilgan edi. Uni sanab, kirim qilish uchun xodimlar bankadan pullar chiqarilganda bir parcha qog‘ozga ham ko‘zlari tushdi. O‘qib qarasalar unda “DUO QILING, MEN HAM QORIYA BO‘LAY” degan yozuv bor edi.

Parvardigor, O‘zing karamli Zotsan. Masjiddagi uylardan umid qilgan Robiyaning qiyomat kunida ota va onasining boshiga ziyosi quyosh nuridan kuchli bo‘lgan toj kiydirish niyati ham bor ekan. Ilohim, Robiya niyatiga yetsin. Allohim uning umriga barka bersin. Allohning kalomini hifz qilib, unga amal qiladigan, ikki dunyoda saodatmand farzandlardan bo‘lsin. Unga o‘xshagan farzandlar ko‘p bo‘lishini Alloh nasib etsin! Amiyn, yo Robbal 'alamiyn!   

 

Savad-ul-azam.uz matbuot xizmati 


Kiritilgan vaqti: 15/05/2021 13:02;   Ko‘rilganligi: 83
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/articles/eductaion/ehsonning-mukofati-ehson
Chop etilgan vaqti: 06/12/2021 23:19