Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Таълим-тарбия

Alloh yo‘lida do‘stlashish odob va huquqlari

 
 

بِسْــــــــــــــــــــــمِ ﷲِالرَّحْمَنِ الرَّحِيم.

Bismillahir rohmanir rohiym

Olamlar Rabbisi Allohga hamdu sanolar, Payg‘ambarimiz Muhammad sallohu alayhi vassallamga va u zotning ahli va as'hobiga salavotu salomlar bo‘lsin

قال رسول الله ‎ﷺ: { مَنْ دَل عَلَى خَيْرٍ فَلَهُ مِثْلُ أَجْرِ فَاعِلِهِ } رواه مسلم

Alloh yo‘lida do‘stlashish odob va huquqlari

6. Birodari aksa ursa unga tashmit aytish.
Ya'ni, chuchkirib: «Alhamdu lillah» desa, yuqoridagi hadisda aytilganidek, unga «Yarhamukalloh» deb javob aytadi. Bunga javoban chuchkirgan kishi «Yahdiykumullohu va yuslihu bolakum» deydi.
7. Bemor bo‘lganida borib ko‘rish. Bu uning ko‘nglini ko‘taradigan va birodari uchun uning e'tiborli ekanini his qildiradigan, do‘stlik rishtalarini mustahkamlaydigan, bemorning ruhiyatiga yaxshi ta'sir qiladigan ishdir. Biroq, bunday paytlarda kasal ko‘rish odoblariga rioya qilish zarur.
8. Do‘stning chorlovini qabul qilish. Ya'ni, do‘stingiz sizni biron taomga chaqirsa, aqiqa bo‘lsin, valima bo‘lsin yo oddiy ziyofat bo‘lsin, uning chaqirig‘ini qabul qilishingiz lozim. Yuqoridagi hadisda bu haqda ham so‘z o‘tdi. Biroq, agar bu ziyofatda siz o‘zgartirishga qodir bo‘lmaydigan biron harom yoki munkar ish bo‘lsa, unga borish joiz emas.
9. Do‘stga nasihat qilish. Ya'ni, nasihat talab birodarga foydali bo‘lgan xolis nasihat bilan nasihat qilishingiz, bu esa u uchun dini va dunyosida yaxshilik bo‘lgan narsalarni gapirish bilan bo‘ladi. Bu yuqoridagi hadisda aytilganidek, sizning zimmangizdagi uning haqqidir. Nasihat qilishda achchiq bo‘lsada haqni aytish, yolg‘on so‘zlamaslik, aldamaslik lozim. Chunki bu unga nisbatan xiyonat bo‘ladi.
10. Do‘stning hadyasini qabul qilish, arzimas va oz narsa bo‘lsa-da, qo‘lini qaytarmaslik. Zero, Ibn Mas'ud roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytganlar: «Chorlagan odamning chaqirig‘ini qabul qilinglar va hadyani qaytarmanglar» (Ahmad, Tabaroniy, Bayhaqiy, Buxoriy («al-Adab al-Mufrad»da) rivoyatlari). Do‘stning hadyasini rad etish ko‘pincha shaytonga o‘rtadagi do‘stlik rishtalarini uzib tashlashi uchun imkoniyat eshigini ochib beradi.
11. Do‘stga hadya berish. Bu ishga bee'tibor bo‘lmaslik, vaqti-vaqti bilan, har xil munosabatlarda imkoniyat darajasida do‘st do‘stiga hadyalar berib turishi yaxshi bo‘ladi. Zero, bu do‘stning muhabbatini ziyoda qiladi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytganlaridek: «Bir-biringizga hadya bering, muhabbatlaringiz ortadi» (Buxoriy «al-Adab ul-Mufrad»da rivoyat qilgan).
12. Qayg‘usiga sherik bo‘lish. Ya'ni, do‘st boshiga musibat yetganda u bilan teppa-teng qayg‘urish, shirin so‘z bilan dalda berish, kerak bo‘lsa moddiy yordam ko‘rsatish. Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytganlar: «Mo‘min mo‘minga nisbatan chor-atrofi bir-birini mahkam tutib turgan bino kabidir» (Buxoriy va Muslim rivoyatlari).
13. Shodligini baham ko‘rish. Ya'ni, do‘stning xursand bo‘lganiga xursand bo‘lish, uning shodligiga sherik bo‘lish, biron ne'matga erishgan bo‘lsa unga hasad qilmaslik, aksincha baraka tilab duo qilish.

Samarqand shahar "Ruhobod" jome masjidi imom xatibi Amirov To‘lqin Barot o‘g‘li.


Kiritilgan vaqti: 23/03/2021 10:21;   Ko‘rilganligi: 67
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/articles/eductaion/alloh-yolida-dostlashish-odob-va-huquqlari
Chop etilgan vaqti: 28/11/2021 05:01