Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Долзарб мавзу

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni eslab

 
 

Akam arab va rus tilini juda chuqur egallagan edilar. Rus va arab tillarida bexato gapirib, yozardilar. Qay bir tilda gapirsalar ham, uni buzmasdan, sof gapirardilar.

 Masalan, o‘zbekcha gapirganda birorta ruscha kalimani aralashtirmas edilar. Bir kuni Liviyada katta bir anjumanda nutk suzladilar. Majlisni olib borayotgan kishi «Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, O‘zbekis­ton», deb e'lon qildi. U kishi minbarga chiqib, kog‘ozga qaramasdan, 20 daqiqalar chamasi arab tilida gapirdi­lar. Buni eshitgan turk dustlarimiz hayron bo‘lib, ka­minadan: «Bu kim?» deb so‘rab qolishdi. So‘ng «Shunday akang bor ekan, nimaga aytmagansan?» deb meni so‘roq-qa tutishdi. «Sizlar so‘ramagansizlar, men ham aytma­ganman», deb hazillashdim. Ularning iltimosiga ko‘ra anjumandan so‘ng bir soatcha suhbat uyushtirib berdim. Shundan keyin ular «Bizning turklardan ham shunday olimlar bor ekan», deb faxrlanib gapirib yurishdi.

Liviyalik ustozlari Muhammad Sodiq bilan juda faxrlanishar edi. Ayniqsa doktor Ahmad Muhammad Sharif u kishini o‘z farzandidek ko‘rardi. Keyinchalik birga ishlagan paytlarida akam bilan doim maslahatla­shib ish qilar edi. Hatto Liviya rahbari Muammar Kaz­zofiy (Alloh rahmat qilsin) doimo: «Muhammad Sodiq o‘zimizning farzandimiz», der edi. Muhammad Sodiq Liviyada ham vatandoshlarga qo‘lidan kelgancha yordam berardilar. Ayniqsa til muammosi bo‘lgani uchun o‘zimizdan borgan mutaxassislarga har xil majlislarda, yig‘inlarda, ko‘rgazmalarda tarjimonlik qilardilar.

 

 

“Islomga bag‘ishlangan umr” nomli xotira kitobidan

Muhammad Amin Muhammad Yusuf


Kiritilgan vaqti: 09/03/2021 12:48;   Ko‘rilganligi: 80
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/articles/actual/shayx-muhammad-sodiq-muhammad-yusufni-eslab
Chop etilgan vaqti: 06/12/2021 22:21