Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Долзарб мавзу

RO‘ZADORLARGA IFTORLIK QILIB BERISH

 
 

Ro‘zadorga iftorlik qilib berish xayrli amallar sirasiga kiradi. Bu haqida hadisi sharifda shunday deyilgan:

Zayd ibn Xolid Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim ro‘zadorga iftorlik qilib bersa, unga ham ro‘zadorning ajridan biror narsa kamaytirilmagan holda, uning ajri mislicha beriladi”, dedilar”. (Imom Termiziy rivoyati)

Salmon Forsiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sha'bon oyining oxirgi kuni bizga xutba qilib: “Ey insonlar ulug‘ oy, muborak oy, ming oydan yaxshi kechasi bor oy sizlarga yaqin kelib turibdi. Alloh uning ro‘zasini farz, tungi bedorligini nafl qildi. Kim bu oyda yaxshi amal bilan qurbat hosil qilsa, boshqa (oy)da bir farzni ado qilgan kabi bo‘ladi. Kim unda bir farzni ado qilsa, boshqa (oy)da yetmishta farzni ado qilgan kabi bo‘ladi. U sabr oyidir. Sabrning ajri jannatdir. U ko‘ngil so‘rash va mo‘minning rizqi ziyoda qilinadigan oydir. Kim unda biror ro‘zadorga iftorlik qilib bersa, gunohlari mag‘firat bo‘lib, do‘zaxdan gardani ozod qilinadi. Ro‘zadorning ajridan biror narsa kamaytirilmay, shu ajr mislicha unga (iftorlik qilib beruvchiga) bo‘ladi”. Ular: “Ey, Allohning Rasuli! Hammamiz ham ro‘zadorni iftorlantiradigan narsa topa olmaydi”, dedilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh ushbu savobni suv qo‘shilgan sut yoki xurmo yoki bir qultum suv bilan ro‘zadorni iftorlantirgan kishiga ham beradi. Kim ro‘zadorni to‘ydirsa, Alloh uni mening havzimdan bir qultum suv bilan sug‘oradi va u jannatga kirguncha chanqamaydi. U – avvali rahmat, o‘rtasi mag‘firat, oxiri do‘zaxdan ozod qilish oyidir. Kim u oyda quli (qo‘l ostidagilari)ning ishlarini yengillatsa, Alloh uni mag‘firat qiladi va do‘zaxdan ozod qiladi”, dedilar”.
(Bayhaqiy rivoyati)

Shayx Muhammad Taqiy Usmoniy


Kiritilgan vaqti: 01/05/2021 16:44;   Ko‘rilganligi: 76
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/articles/actual/rozadorlarga-iftorlik-qilib-berish
Chop etilgan vaqti: 06/12/2021 22:07