Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Долзарб мавзу

Ro‘za qanday ibodat?

 
 

Ro‘za dastlab Payg‘ambarimiz Muhammad sollalloxu alayhi vasallam Madinai munavvaraga hijrat qilganlaridan keyin oradan bir yarim yil o‘tgach ya'ni hijratning o‘n sakkizinchi oyi, sha'bon oyining o‘ninchi kunida, qibla Baytul maqdisdan Ka'ba tarafga o‘zgarganidan keyingi oyda farz qilingan. Nabiy sollallohu alayhi vasallam to‘qqiz yil Ramazon ro‘zasini tutganlar. Ulardan ikkitasini o‘ttiz kundan, kolgan yettitasini yigirma to‘qqiz kundan tutganlar.

Arab tilidagi «sovm» (ro‘za) lug‘atda «o‘zni tiyish degan ma'noni bildiradi. Shar'iy istilohda esa Ramazan oyida tong otganidan to kuyosh botguncha niyat bilan ovqat yemaslik, ichimlik ichmaslik, jinsiy yaqinlik qilmaslik «ro‘za» deyiladi. Ro‘za tutish Islom dinining besh rukni, besh asosidan biridir, Qur'on va sunnat bilan sobit bo‘lgan. Alloh taolo aytadi:


يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا كُتِبَ عَلَيْكُمُ الصِّيَامُ كَمَا كُتِبَ عَلَى الَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ

«Ey iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham ro‘za farz qilindi. Shoyadki, taqvo qilsangiz» (Baqara surasi, 183-oyat).

عن أبي عبد الرحمن عبد الله بن عمر بن الخطاب رضي الله عنهما قال : سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول : ( بني الإسلام على خمس : شهادة أن لا إله إلا الله ، وأن محمدا رسول الله ، وإقام الصلاة ، وإيتاء الزكاة ، وحج البيت ، وصوم رمضان ) رواه البخاري ومسلم

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Islom besh narsaga bino qilingan: «Allohdan o‘zga iloh yo‘q, Muhammad Allohning Rasulidir», deb guvoh¬lik berish, pamozni to‘kis ado etish, zakot .berish, haj qilish va Ramazon ro‘zasini tutish», dedilar». Buxoriy va Muslim rivoyat qilishgan.

Ro‘za aqli raso, sog‘ligi yaxshi bo‘lgan har bir musulmon erkakka hamda hayz va nifosdan pok bo‘lgan musulmon ayolga farz qilingan. Hayz va nifos ko‘rgan ayollar ro‘za tutishmaydi, keyin qoldirgan kunlarining kazosini tutib berishadi. Yangi oyni ko‘rib, ruzaga niyat qilish Ramazon ro‘zasining asosiy shartlaridandir. Ramazon oyida noshar'iy amallar qilmaslik, tilni g‘iybat, yolg‘on so‘zlardan tiyish, o‘zgaga ozor bermaslik, yaxshi xulqli va rahm-shafqatli bo‘lish ro‘zaning odoblaridandir.
Alloh taolo bandalariga karam va mehribonlik ko‘rsatish uchun bu oyni boshqalaridan farqli qilgan. Bu oyda isyonkor shaytonlar jilovlanadi, do‘zax eshiklari yopiladi, jannat eshiklari ochiladi, gunohlar mag‘firat qilinadi. Ramazon gunohlardan tiyilish, Alloh qaytargan narsalardan chinakamiga, butunlay qaytishni, sinov dunyosining mashaqqatlariga sabr qilishni o‘rganish oyidir.
Ro‘za Alloh taologa muhabbat va ixlos belgisi sifatida bajariladi, hargiz sog‘liqni tiklash va shunga o‘xshash boshka niyatlarda emas.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh «Mo‘minning qalqoni» kitobidan


Kiritilgan vaqti: 14/04/2021 13:42;   Ko‘rilganligi: 95
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/articles/actual/roza-qanday-ibodat
Chop etilgan vaqti: 02/12/2021 20:50