Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Долзарб мавзу

Ramazoni sharifda qilinishi kerak bo‘lgan ishlarning tavsiyalari

 
 

1. Behuda gaplar o‘rniga zikrni ko‘paytiring!
2. Alloh bergan ne'matlariga shukrni ko‘paytiring!
3. Ko‘p yemang!
4. Ko‘p uxlamang!
5. Ko‘chaga zarurat bo‘lmasa chiqmang!
6. Haromdan saqlaning!
7. G‘iybat qilmang!

8. Til va qo‘l bilan insonlarga ozor berib qo‘ymang!
9. Telefoningizga ajratgan vaqtingizni bu oyda Qur'onga ajrating!
10. Namozlarni vaqtida ado qiling!
11. Nafl ibodatlarni ko‘paytiring!
12. Allohga tavba qiling!
13. Qarindoshlaringizga silai rahm qiling!
14. Har kuni iloji boricha sadaqa qiling!
15. Ota-onangizdan xabar oling!
16. Yolg‘on gapirmang!
17. Kuningizni internetda, televizor qarshisida bekorchi narsalar bilan o‘tkazmang!
18. Barcha musulmonlarni, yaqinlaringizni duoda eslashni unutmang!
19. Yaxshilik qiling, yomonlikdan uzoqlashing!
20. Alloh taoloning yaratgan narsalari borasida tafakkur qiling!
21. Namozlaringizni jamoat bilan o‘qing!
22. Azon va iqomat orasida duoni ko‘paytiring!
23. Har kun Qur'on o‘qing! Qur'on o‘qishni bilmasangiz tinglang va o‘rganing!
24. Taroveh va tahajjud namozini qoldirmang!
25. Doim tahoratli bo‘ling!
26. Yeyish-ichish va taom pishirishda isrof qilmang!
27. Sabrli bo‘ling!
28. Umid qiling!
29. Niyatingiz xolis Alloh uchun bo‘lsin!
30. Har kuni bitta yangi hadis o‘rganing!

«Albatta, muslimlar va muslimalar, mo‘minlar va mo‘minalar, davomli itoatkor erkaklar va davomli itoatkor ayollar, sadoqatli erkaklar va sadoqatli ayollar, sabrli erkaklar va sabrli ayollar, xushu'li erkaklar va xushu'li ayollar, sadaqa qiluvchi erkaklar va sadaqa qiluvchi ayollar, ro‘za tutuvchi erkaklar va ro‘za tutuvchi ayollar, farjlarini saqlovchi erkaklar va farjlarini saqlovchi ayollar, Allohni ko‘p zikr qiluvchi erkaklar va Allohni ko‘p zikr qiluvchi ayollar – o‘shalarga Alloh mag‘firatni va buyuk ajrni tayyorlab qo‘ygandir».
«Ahzob surasi» 35 oyat.


Kiritilgan vaqti: 13/04/2021 15:15;   Ko‘rilganligi: 60
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/articles/actual/ramazoni-sharifda-qilinishi-kerak-bolgan-ishlarning-tavsiyalari
Chop etilgan vaqti: 23/10/2021 08:53