Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Долзарб мавзу

RAMAZON RO‘ZASINING HUKMI

 
 

SAVOL:

Ramazon ro‘zasining hukmi qanday?

JAVOB:

Bismillahir Rohmanir Rohim.
Har bir aqlli, balog‘atga yetgan musulmon uchun Ramazon ro‘zasini tutish – farzi ayndir. Chunki Alloh taolo Qur'oni karimda: “Ey, imon keltirganlar! Sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham ro‘za tutish farz qilindi, shoyad (u sababli) taqvoli bo‘lsangiz”, deydi (Baqara surasi 183-oyat).

Boshqa oyatda esa: “Bas, sizlardan kim bu oyda (o‘z yashash joyida) hozir bo‘lsa, ro‘zasini tutsin”, deb buyuradi (Baqara surasi 185-oyat).

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Islom besh narsa ustiga qurilgan: Allohdan o‘zga iloh yo‘q, deb guvohlik berish, namozni qoim qilish, zakotni berish, baytni haj qilish va Ramazon ro‘zasini tutish”, deganlar. (Muttafaqun alayh, Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilingan). Boshqa hadisda esa: “Ramazon oyingizda ro‘za tutinglar”, deb buyurganlar. (Imom Termiziy Abu Umomadan rivoyat qilganlar).

Ro‘zaning farzligiga ijmo-ulamolar ittifoqi bor, bunga hech kim xilof qilmagan. Shuning uchun ro‘zaning farzligini inkor qilish kufr, imkoni bo‘la turib ro‘za tutmaslik fosiqlik bo‘ladi. (“Hidoya”, “Ixtiyor”, “Fathu bobil inoya” kitoblari).
Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay'ati.


Kiritilgan vaqti: 10/04/2021 10:25;   Ko‘rilganligi: 86
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/articles/actual/ramazon-rozasining-hukmi
Chop etilgan vaqti: 04/12/2021 10:12