Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Долзарб мавзу

Hayosiz liboslar zarari

 
 

بِسْــــــــــــــــــــــمِ ﷲِالرَّحْمَنِ الرَّحِيم.

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

قال رسول الله ‎ﷺ: { مَنْ دَل عَلَى خَيْرٍ فَلَهُ مِثْلُ أَجْرِ فَاعِلِهِ } رواه مسلم

Hayosiz liboslar zarari

Ayollar iffatli kiyinishi va o‘zlarini yaxshi tutishi lozim. Bu nihoyatda katta masala. Alloh ayol kishini xotin, ona bo‘lishi uchun go‘zal, latofatli etib yaratgan.

Shuning uchun ham shariatda erkaklar uchun harom qilingan tilla, kumush, ipak kabi ziynat buyumlari ayollarga halol qilingan. Lekin bu ruxsat-ijozatlar nomahram erkaklarning shahvatini qo‘zg‘atish, Alloh bergan husnu jamollarini ko‘cha-ko‘yda ko‘z-ko‘z qilib, gunoh ishlarga manba bo‘lish uchun berilgan emas. Ular o‘z jufti haloli huzurida, ruxsat berilgan joylarda bemalol zebi-ziynatli bo‘lishi mumkin, hatto lozim.
Ba'zi ayollar nomahramlar e'tiborini tortish uchun qo‘lidan kelgan-kelmagan yasan-tusanni qiladi, o‘zida bo‘lmasa, qo‘shnisidan olib bo‘lsa ham, taqinchoq taqishga, yangi kiyim kiyishga intiladi. Uyda, erlari huzurida esa bir ahvolda bo‘lib yuradi. Bu hol ko‘plab oilaviy kelishmovchiliklarning sababidir. Ko‘chada zeb-ziynatga burkanib o‘zini namoyish qilib yurgan ayollarni ko‘rib kelgan erkak uyida o‘ziga qaramaydigan xotinini ko‘rib, g‘alati bo‘lishi tabiiy. Aslida esa teskarisi bo‘lishi, ayol begonalar ko‘zidan o‘zini asrab, bor go‘zalligini eriga namoyish qilishi kerak.
Oxirgi vaqtda ayollarning tanalarining ko‘p joyini ochib yurishi nafaqat zinoga, balki erkaklarning jinsiy zaifligiga sabab bo‘layotganini mutaxassislar tashvish bilan ta'kidlashyapti. Shuningdek, badanni ochib yurish bois ayollar ham turli kasalliklarga chalinayotgani haqida xabarlar ko‘p.
Ko‘cha-kuyda har bir kishining ko‘zi tushadigan bunday sharmsiz liboslar, nafaqat balog‘at yoshiga yetgan va balog‘at bo‘sag‘asidagi yoshlarning, balki ommaning nazarini chalg‘itib, fitnaga yetaklaydigan vositadir. Ayniqsa, har tomonlama rivojlanib borayotgan o‘smir yoshlar bunday fitnali ko‘rinish oldida va nomussiz liboslar qarshisida ko‘z-nazarlari, aqllarini nazorat eta olmaydi. Hayosiz manzaralardan ko‘zlarini olib qochishga jur'ati yetmay, ojiz qolishi aniq. Buning natijasida kuchli istak g‘alayon ko‘tara boshlaydi. Bu holat ko‘pincha nafs-istaklarini jilovlay olmagan o‘smirlarning xulqlari buzilishiga sabab bo‘lib, o‘y-xayollarini ushbu holat butkul o‘ziga rom etadi. Oqibatda ilmu hunar olishga rag‘bati susayib ketadi.
Xo‘sh, bu kabi zararli illatlardan saqlanish uchun, balog‘at yoshiga yetgan yoki balog‘at yoshi bo‘sag‘asidagi yoshlar nima chora qo‘llasin? Xo‘sh, bu kabi “dard”ga qarshi qanday kurashish, qanday chora qo‘llash kerak?
Butun dunyoni lol qoldiradigan, teran aqlli, mohir insonlar bo‘lib voyaga yetish uchun, ajdodlarimiz kabi mashhur kishilar bo‘lib jahonga tanilish uchun bugungi kunda barcha shart-sharoitlar yaratilib berilmoqda

Samarqand shahar "Ruhobod" jome masjidi imom xatibi Amirov To‘lqin Barot o‘g‘li


Kiritilgan vaqti: 26/02/2021 11:20;   Ko‘rilganligi: 63
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/articles/actual/hayosiz-liboslar-zarari
Chop etilgan vaqti: 28/11/2021 03:54